Erkinjon Turdimov: donorlik – vijdon ishi
Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan “Qon topshir – hayot in’om et!” shiori ostida yurtimizda o‘tkazilayotgan aksiyada Samarqand viloyatidagi rahbarlar ham ishtirok etdi.
Bugun tongda Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov viloyat qon quyish markaziga borib, aksiyada qatnashdi.


– Kecha sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev bilan gaplashganimda u “qon topshirib kelyapman, bu sog‘liq uchun ham foydali” deb aytdi, – deydi E.Turdimov. – Unday bo‘lsa men ham borib qon topishiraman, dedim. Bu avvalo, vijdon ishi. Siz qon topshirish bilan qanchadan-qancha shu vositaga muhtoj insonlarga yordam bergan, ularni hayotga qaytargan bo‘lasiz. Ikkinchidan, donorlik inson salomatligi uchun ham foydali. Shuning uchun bugun bir qator rahbarlar ham kelib, ushbu aksiyaga qo‘shilmoqda.
E.Turdimov qon topshirib bo‘lganidan so‘ng ayni paytda Samarqandga kelayotgan Toshkent investitsion forumi ishtirokchilari, nufuzli delegatsiyalarni kutib olib, ular bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.





G‘.HASANOV, O‘zA