Erkin Vohidov xotira turniri start oldi
Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy shaxmat festivali start oldi.
Musobaqaning ochilish marosimida so‘z olganlar Erkin Vohidov ijodi, uning shaxmatga beqiyos mehri haqida to‘xtalib, shirin xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.
Shaxmatchilar ikki guruh – havaskorlar hamda professionallarga bo‘lingan holda, 7 tur o‘yin o‘tkazishadi.
[gallery-5259]
Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari ertaga ma’lum bo‘ladi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA