Erdo‘g‘on 29 sentyabrda Rossiyaga keladi
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on 29 sentyabr kuni Sochiga tashrif buyuradi, deyiladi Turkiya yetakchisi ma’muriyatidan RIA Novostiga berilgan xabarda.
"Prezidentimiz 29 sentyabr kuni bir kunlik tashrif bilan Rossiyaga (Sochi) boradi", - dedi vakil.
Bundan avval Rossiya rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on ikki tomonlama munosabatlar va Suriya muammosini muhokama qilishni rejalashtirayotganini aytan edi. O‘shanda u mazkur uchrashuv Turkiya prezidentining Rossiyaga amalga oshiradigan bir kunlik tashrifi chog‘ida bo‘lishini ma’lum qilgandi.