Eng yuksak insoniy qadriyatlar qomusi (+video)
So‘nggi yillarda O‘zbekiston ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotining barcha sohalarida ijobiy islohotlar amalga oshirilayotgani, eng muhimi, ana shu shiddatli o‘zgarishlarning markazida insonning asosiy huquqlari va erkinliklarini ta’minlash masalasi turgani xalqaro hamjamiyat tomonidan ham alohida e’tirof qilinmoqda.
Bu borada amalga oshirilgan islohotlarni tahlil qilar ekanmiz, eng avvalo, shuni qayd etish lozimki, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar milliy qonunchilikka va huquqni qo‘llash amaliyotiga tizimli hamda bosqichma-bosqich implementatsiya qilinmoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan 80 dan ortiq inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro hujjatlar normalari, shu jumladan BMTning 7 ta asosiy shartnomalari va 4 fakultativ protokollari qoidalari milliy qonunchilikda o‘z aksini topmoqda.
Inson huquqlari bo‘yicha asosiy xalqaro shartnomalarga qo‘shilish inson huquqlarini himoya qilishning samarali milliy tizimini yaratishga xizmat qildi. Xususan, inson huquqlarini himoya qilish sohasini tartibga solishga qaratilgan 12 ta Konstitutsion qonunlar, 18 ta kodekslar va 700 dan ortiq qonunlar qabul qilindi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/NgyqtfQDYrE?si=z1nkJb8C5hoJT2zu" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA