Eng yaxshi maktab teatr guruhlari aniqlandi (+video)
Nukusda umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘rtasida “Turon” maktab teatri respublika tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda respublika “Kelajak markazi” tomonidan tashkil etilgan tanlovda respublikaning barcha hududlaridan maktablarning ijodiy guruhlari ishtirok etib, o‘z mahoratini namoyish etdi. Jumladan, tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 1 ming 865 guruh ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, hududiy bosqichda 17 guruhdan 200 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi.
Ta’kidlanganidek, mazkur tanlovning asosiy maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali hududlarda teatr madaniyati va san’atini rivojlantirishdir. Ishtirokchilar “Bizning maktab” hamda “Teatr ibratxona” shartlari bo‘yicha mahoratlarini namoyish etdi. Hakamlar guruh a’zolarining aktyorlik mahorati, sahna madaniyati, asardan parchani to‘g‘ri tanlay olgani, nutqi, asar qahramonlarining kiyimi va dekoratsiyasi, sahna spektaklining tarbiyaviy ahamiyatga alohida e’tibor qaratdi.
[gallery-28658]
Qiziqarli o‘tgan tanlov yakunida, birinchi o‘rinni Kegeyli tumanidagi 55-sonli maktabning “Tong nuri” guruhi, ikkinchi o‘rinni Beruniy tumani 25-sonli maktabning “Turkiston” guruhi, uchinchi o‘rinni Xo‘jayli tumani 35-sonli maktabning “Alg‘is” guruhi egalladi.
Tanlov yakunida g‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Birinchi o‘rinni egallagan Kegayli tumani 55-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Tong nuri” guruhi tanlovning yakuniy bosqichiga yo‘llanma oldi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/jbQTL_OV6jE" title="Eng yaxshi maktab teatr guruhlari aniqlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat, video), O‘zA.