Энг яхшилар тақдирланди
Bugun Oʻzbekiston Professional futbol ligasi yakunlangan mavsumda eng yaxshi harakat qilgan futbolchi, futzalchi, murabbiy va boshqalarni taqdirladi
Bugun Oʻzbekiston Professional futbol ligasi yakunlangan mavsumda eng yaxshi harakat qilgan futbolchi, futzalchi, murabbiy va boshqalarni taqdirladi.
OSTON OʻRUNOV – yilning eng yaxshi yosh futbolchisi;
JAMOLIDDIN SHARIPOV – yilning eng yaxshi futzalchisi;
NILUFAR QUDRATOVA – yilning eng yaxshi ayol futbolchisi;
ELDOR SUYUNOV - eng yaxshi darvozaboni;
Sherzod Hakimov – yilning eng chiroyli goli muallifi;
ANDRЕY FYODOROV – yilning eng yaxshi murabbiyi;
TIAGO BЕZЕRRA – yilning eng yaxshi futbolchisi.
Shuningdek, quyidagi nominatsiyalar boʻyicha ham sovrinlar oʻz egasini topdi:
MAVSUM-2018 TOʻPURARI - TIAGO BЕZЕRRA (17 ta gol);
FAIR PLAY MUKOFOTI - “NASAF”;
ENG YAXSHI MARKЕTING XIZMATI - “NAVBAHOR”;
ENG YAXSHI MATBUOT XIZMATI - “NASAF”;
ENG BARQAROR MUXLISLAR JAMOASI - “NAVBAHOR”;
YIL JASORATI - Ulugʻbek Yangiboyev.
“Orol” - “Shoʻrtan” bahsi vaqtida toʻsatdan xushini yoʻqotgan raqib jamoa futbolchisi Islom Boysariyevga zudlik bilan birinchi yordam koʻrsatdi va shifokorlarga katta yordam berdi. Unga sovrinni Islom Boysariyevning oʻzi taqdim etdi.
YIL IFTIXORI 2018 - Ilhom Shodiyev.
Ushbu futbol jonkuyari 5 nafar qizga otalik qilmoqda va qizlarning barchasi futbolchi sifatida faoliyat olib bormoqda.
Marosim davomida PFL tomonidan yil ramziy terma jamoasi ham eʼlon qilindi:
Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Farruh Sayfiyev (“Paxtakor”), Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”), Igor Golban (“Nasaf”/“Navbahor”), Murod Xolmuhammedov (“Qoʻqon-1912”), Ikrom Aliboyev (“Lokomotiv”), Yovan Jokich (AGMK), Javlon Ibrohimov (“Bunyodkor”), Marat Bikmayev“Lokomotiv”), Bobir Abduholiqov ("Nasaf), Tiago Bezerra (“Paxtakor”).