Eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi
Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi”da “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari taqdirlandi. Tanlovda yoshlar yetakchilari nizomda belgilangan 10 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘zaro bahslashdi.
Tanlov ishtirokchilari barcha yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirgan ishlarini tegishli ma’lumotlar, albom hamda videoroliklar orqali namoyish qilib, hakamlar hay’ati tomonidan berilgan savollarga javob berdi.
[gallery-15021]
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1- o‘rinni egallagan yetakchilar tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
A.Bo‘riyev,
S.Aslonov (surat), O‘zA muxbiri