Eng ko‘p o‘qilgan romanlar (+video)
Kitoblar nafaqat bilim manbai, balki insoniyat tarixidagi eng muhim madaniy meroslardan biri hisoblanadi. Bugun dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilgan, millionlab o‘quvchilarni o‘ziga jalb qilgan romanlar haqida ma’lumot beramiz.
Migel de Servantes. Don Kixot
Bu asar adabiyot tarixida birinchi zamonaviy roman sifatida tanilgan. Asar taxminan 500 million nusxada sotilgan.
Charlz Dikkens. Ikki shahar haqida
Charlz Dikkensning 1859 yilda yozilgan bu romani Fransuz inqilobi davrida Londonda va Parijda kechgan voqealarni tasvirlaydi. Roman 200 milliondan ortiq nusxada sotilgan.
Antuan de Sent-Ekzyuperi. Kichkina shahzoda
Falsafiy ertak sifatida tanilgan bu asar hayotning asosiy qadriyatlarini yengil va sodda tilda ifodalaydi. Asar shu paytgacha turli tillarda umumiy hisobda 140 million nusxada sotilgan.
Margaret Mitchell. Shamollarda qolgan hislarim
Bu asar Amerikaning Fuqarolar urushi va tiklanish davrida yashagan qahramon ayol – Skarlett O‘Xaraning hayoti haqida hikoya qiladi.Roman sevgi, urush va insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchi haqida chuqur ma’noga ega. Ushbu asar 130 million nusxada sotilgan.
Agata Kristi. Ular o‘nta edi (o‘nta negr bolasi)
Dunyodagi eng mashhur detektiv romanlardan biri bo‘lgan ushbu asar sirli orolda sodir bo‘lgan qotilliklar haqida hikoya qiladi. O‘nta kishi orolga taklif etiladi va ularning har biri o‘z gunohi uchun jazolanadi. Roman murakkab syujet, aql bovar qilmas burilishlar va kutilmagan yakun bilan o‘quvchini o‘ziga rom qiladi. Asar 100 million nusxadan ortiq sotilgan.
Den Braun. Da Vinchi siri
Bu zamonaviy triller qadimiy san’at, din va sirli tashkilotlar atrofida qurilgan. Ushbu asar keng jamoatchilikda katta bahs-munozaralar uyg‘otib, zamonaviy bestsellerga aylangan. Asar jahonning 44 tiliga tarjima qilingan bo‘lib bugungi kunga qadar butun dunyo bo‘ylab 85 milliondan ortiq nusxada sotilgan.
Napoleon Xill. O‘yla va boy bo‘l
Napoleon Xillning muvaffaqiyatga erishish va boylikka ega bo‘lish bo‘yicha ruhiy va amaliy maslahatlarni o‘z ichiga olgan ushbu klassik qo‘llanmasi 75 million nusxada sotilgan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/cExeumzUnRE" title="Eng ko‘p o‘qilgan romanlar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Madinabonu Nasriyeva, O‘zA