Eng baxtsiz mamlakat nomi e’lon qilindi
Gap Yevropa davlatlari haqida ketmoqda. Qatorasiga ikkinchi bor Yevroittifoqning eng baxtsiz mamlakati sifatida tan olingan Bolgariya hayotdan qoniqish indeksi bo‘yicha o‘n balldan 5,6 ball olgan yagona mamlakat bo‘ldi.
Eng baxtli mamlakatlar ro‘yxatini 7,9 ball bilan Avstriya boshqarmoqda. Polsha, Finlyandiya va Ruminiya 7,7 ball bilan ikkinchi o‘rinni bo‘lishgan. Germaniya esa bu yil 6,5 ball olib, baxtsiz mamlakatlar safiga tushib qoldi.
Ekspertlar buni mamlakatda kuzatilayotgan iqtisodiy turg‘unlik va migratsiya inqirozi bilan bog‘lamoqda.
Hayotdan qoniqish ko‘rsatkichi ta’lim darajasi, oilaviy va moliyaviy barqarorlik, dam olish, ijtimoiy hayotdagi ishtirok va boshqa omillar yordamida aniqlanadi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/xKY8MPHImtE" title="Eng baxtsiz mamlakat nomi eʼlon qilindi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>B.Xudoyberdiyev, A.Alijonov (video), O‘zA