Energetika sohasida ulkan ishlar amalga oshiriladi (+video)
Davlatimiz rahbari tomonidan energiya resurslaridan samarali foydalanish, energetika sohasida yangi investitsion loyihalarni joriy qilish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Energiya resurslarini iqtisod qilish va ulardan oqilona foydalanish hisobiga 2024 yilda viloyat bo‘yicha 467 million kVt.soat elektr energiya hamda 191,7 million kub.metr tabiiy gaz iqtisod qilindi. Jumladan, 2024 yilda yashil energiyani joriy qilish maqsadida jami 4 945 ta ob’ektda 47,4 MVt quyosh panellari o‘rnatildi. Shu bilan birga mavjud quvvatlarni mustahkamlash uchun yirik investitsiya loyihalari quyosh, shamol va gidroelektr inshootlari barpo etilmoqda. So‘nggi uch yilda amalga oshirilgan loyihalar hisobiga elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmi ikki ming Megavattga yetkazilmoqda.
Jumladan, 2022 yilda Buxoro tumanida “Aksa Enerji Bukhara” kompaniyasi tomonidan quvvati 270 MVtga teng gaz-porshenli elektr stansiyasi foydalanishga topshirildi. Qorovulbozor tumanida “China Gezhouba Group Overseas Investment Co., Ltd.” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan loyiha doirasida jami 500 MVtlik fotoelektr stansiyasi tarmoqqa ulandi. G‘ijduvon va Peshku tumanlarida “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan quvvati 500 MVtga teng bo‘lgan shamol elektr stansiyalari foydalanishga topshirildi.
2025 yilda iste’molchilarga 4 milliard 648 million kVt.soat elektr energiyasi hamda 1 milliard 776 million m3 tabiiy gaz yetkazib berilishi rejalashtirilgan. Shundan, 163,4 million kVt.soat elektr energiyasi hamda 87,7 million m3 tabiiy gaz iqtisod qilinishi rejalashtirilgan.
Energiya resurslarini iqtisod qilish maqsadida tadbirkorlik sub’ektlari, ijtimoiy soha ob’ektlari, aholi va ko‘p qavatli uylarga jami quvvati 45,4 million kVt.soat bo‘lgan 2 ming 29 ta ob’ektlarga quyosh panellari o‘rnatiladi. Quvvati 8,60 million kVt.soat bo‘lgan 432 ta reaktiv quvvatli kompensatsiya qurilmalari o‘rnatiladi. Quvvati 929,7 ming. kVt.soat bo‘lgan 137 ta elektr qurilmalari modernizatsiya qilinadi. 68 510 ta aholi xonadonlariga zamonaviy energotejamkor uskunalar o‘rnatish hisobiga 23,40 million kVt.soat elektr energiya iqtisod qilinadi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/FdmRdWo6zjk" title="Energetika sohasida ulkan ishlar amalga oshiriladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Zarif Komilov, O‘zA muxbiri