Endi ular o‘z oilasida kamol topadi
Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi "Bolalar shaharchasi" tarbiyalanuvchilarining 6 nafari o‘z oilasiga ega bo‘ldi.
Guliston shahri "Do‘stlik" mahallasi "Mirishkorlar" ko‘chasi 45-uyda istiqomat qiluvchi Axmedovlar oilasi yetimlikning oldini olish va mehrga tashna qalb egalariga mehr-muruvvat ko‘rsatish maqsadida o‘z xonadonida "Yangi O‘zbekiston bolalari" nomida oilaviy bolalar uyini tashkil etdi.

Mehrli qalblar uyining ochilish marosimida Sirdaryo viloyati bo‘yicha Milliy Gvardiya boshqarmasi xodimlari, Guliston shahar hokimi, mahalla faollari va OAV vakillari ishtirok etdi.
Ma’lumot o‘rnida, bugunga qadar viloyatning Mirzaobod tumanida bitta, Guliston shahrida uchta oilaviy bolalar uyi tashkil etilgan.

Sh.Suyarov, F.Toshmatov(surat), O‘zA