Emmanuel Makron JCh-2026 oldidan Fransiya terma jamoasi bazasiga tashrif buyurdi (foto)
Tashrif davomida Fransiya terma jamoasi futbolchilari va murabbiylar shtabi mamlakat prezidenti hamda birinchi xonimi bilan esdalik uchun suratga tushishgan.
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron futbol boʻyicha boʻlajak Jahon chempionati oldidan mamlakat milliy terma jamoasi aʼzolari bilan uchrashdi.
Emmanuel Makron rafiqasi Brijit Makron hamrohligida terma jamoaning Klerfontendagi mashgʻulotlar bazasiga tashrif buyurgan. Tashrif davomida Fransiya terma jamoasi futbolchilari va murabbiylar shtabi mamlakat prezidenti hamda birinchi xonimi bilan esdalik uchun suratga tushishgan.

Futbol boʻyicha 2026-yilgi Jahon chempionati joriy yilning 11-iyunidan 19-iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida boʻlib oʻtadi. Fransiya terma jamoasi nufuzli turnirning guruh bosqichida Senegal, Iroq va Norvegiya jamoalariga qarshi maydonga tushadi.