Elektr ta’minotida uzilish bo‘lmaydi
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati xodimlari iste’molchilarga elektr energiyasini sifatli va uzluksiz yetkazib berishga alohida e’tibor qaratmoqda.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati xodimlari iste’molchilarga elektr energiyasini sifatli va uzluksiz yetkazib berishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida yaroqsiz holga kelgan kabel tarmoqlari yangisiga almashtirildi, hududlar oralig‘idagi tarmoqlar xalqalandi, transformator va havo elektr tarmoqlarida mukammal sozlash ishlari bajarildi. Korxona va tashkilotlarda elektr energiyasi iste’molini nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini yo‘lga qo‘yish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.