Eldor “Jenoa”ning g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi
“Jenoa» Italiya A seriyasi 33-turi doirasida 24 aprel kuni «Spetsiya»ga qarshi bahs olib bordi. Genuyada kechgan o‘yinda 2:0 hisobida maydon egalari g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi birinchi golni 62-daqiqada Janluka Skamakka kiritdi. Zaxiradan maydonga tushgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Eldor Shomurodov 86-daqiqada ikkinchi golga mualliflik qildi.

O‘zbekistonlik futbolchi A seriya doirasidagi so‘nggi o‘yinlarda gol ura olmayotgan edi. So‘nggi bor Eldor «Verona»ga qarshi kechgan 20 fevral kungi o‘yinda (2:2) gol urgandi.
Shu tariqa E. Shomurodov 2020/21 yilgi mavsumda 26 o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol va bitta golli uzatma muallifiga aylandi.