Elboboyev Abdug‘ani Shuxrat o‘g‘li qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Terakning ko‘chat zararkunandalarini bioekologik rivojlanish xususiyatlari va ularga qarshi kurash usullari” mavzusida
Elboboyev Abdug‘ani Shuxrat o‘g‘lining 06.01.09 – “O‘simliklarni himoya qilish” ixtisosligi bo‘yicha “Terakning ko‘chat zararkunandalarini bioekologik rivojlanish xususiyatlari va ularga qarshi kurash usullari” mavzusidagi qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent davlat agrar universiteti xuzuridagi DSc.05/04.03.2022Qx.13.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 12-yanvar kuni soat 13:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100174, Toshkent viloyati, Qibray tumani Universitet ko‘chasi 2, Toshkent davlat agrar universiteti.
Tel.: (99871) 260–48–00;
e-mail: tuag–info@edu.uz ;