Ekvadorda to‘rt tonnalik narkotik modda topildi
Ekvadorning Guayakil bandargohida olib borilgan maxsus amaliyotning ikkinchi kunida politsiyachilar Buyuk Britaniyaga yuboriluvchi konteynerlar orasiga yashirib qo‘yilgan to‘rt tonnalik narkotik moddani topdi.
“El Comercio” nashri ma’lumotiga ko‘ra, narkotik moddalar 200 million dollarga baholangan. Yil boshidan buyon esa, ekvadorlik politsiyachilar 60 tonnalik “oq ajal”ni musodara qilgan. Nashrda aytilishicha, narkotik moddalarning ishlab chiqarilishi anchagina oshgan.