Ekvador prezidenti Germaniya ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng mamlakatda dam olish kuni eʼlon qildi
Ekvador terma jamoasi safida Nilson Angulo va Gonsalo Plata gol urishga muvaffaq boʻldi.
26-iyun, juma kuni Ekvadorda rasman dam olish kuni deb eʼlon qilindi. Ushbu qarorni mamlakat prezidenti Daniel Noboa qabul qildi.
Bunga Ekvador terma jamoasining Jahon chempionati guruh bosqichining soʻnggi turida Germaniya ustidan qozongan gʻalabasi (2:1) sabab boʻldi. Aynan ushbu muvaffaqiyat evaziga jamoa 20 yillik tanaffusdan soʻng ilk bor guruh bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtdi.
"Tanqidlar, haqoratlar va ogʻir damlarga qaramay, oʻzini tiklay olgan va butun mamlakatga katta quvonch baxsh etgan oʻyinchilar hamda murabbiyga minnatdorchilik bildiraman. Yashasin Ekvador!", — deb yozdi davlat rahbari oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.
Ekvador terma jamoasi safida Nilson Angulo va Gonsalo Plata gol urishga muvaffaq boʻldi. Germaniya terma jamoasi esa Lero Sane goli bilan javob qaytardi.