Eksklyuziv intervyu “Samarqand ruhi”ni yanada yuksaltirdi (+video)
Munosabat
Shu kunlarda O‘zbekiston nufuzli xalqaro anjumanlarga mezbonlik qilishi kutilmoqda. Xususan, 3–4 aprel kunlari Samarqand shahrida «Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi» birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi.
27 davlatni birlashtirgan Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo bilan mintaqalararo darajada tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan yirik tuzilma hisoblanadi. «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» ilk sammitining aynan yurtimizda — ko‘hna Samarqandda o‘tkazilishi esa tarixiy voqelikdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi mazkur sammit oldidan «Euronews»ga intervyu berdi. Davlatimiz rahbarining mazkur intervyusi mahalliy va xorijiy ekspertlar, siyosatchilar va deputatlar tomonidan keng e’tirof etilmoqda.
Jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatsining bir guruh deputatlari mazkur eksklyuziv intervyu mazmun-mohiyati va ahamiyati, shuningdek, Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqining hamkorlik masalalari haqida o‘z munosabatini bildirdi.
Deputat Durbek Ahmedovning qayd etishicha, Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi hamkorligi asosan uch yo‘nalishda — mintaqaviy xavfsizlik, iqtisodiy hamkorlik hamda iqlim o‘zgarishi masalalarida bo‘lib, bu borada birgalikdagi tashabbuslar asosida tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Deputat Oydin Abdullayeva esa davlatimiz rahbari o‘z intervyusida Samarqand asrlar davomida savdo, ilm-fan va diplomatiya markazi, ulkan megapolis bo‘lganiga urg‘u berganini ta’kidlaydi.
Ta’kidlash joizki, Samarqand sammiti Yevropa Ittifoqi va mintaqamiz davlatlari o‘rtasida hamkorlik va o‘zaro bog‘liqlikning rivojlanishida yangi yo‘nalishlarni ochadi.
PS: Batafsil quyidagi videohavola orqali tanishishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ZPIgQf1u1tI" title="Eksklyuziv intervyu “Samarqand ruhi”ni yanada yuksaltirdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhtarama Komilova, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA