"E-AUKSION" savdo maydonchasining yangi dasturi ishga tushdi
"E-AUKSION" elektron savdo maydonchasi bugungi kunga kelib, 16 yo‘nalishda mulklarni realizatsiya qilish bo‘yicha onlayn auksionlarni o‘tkazib kelmoqda.
Raqamlarga qarasak, 2020 yilda 1 trln. 751 mlrd so‘mlik 25,5 mingdan ortiq mulk realizatsiya qilingan.
Foydalanuvchilar soni va sotiladigan mulklar toifasi ortib borgani bois, yangi, takomillashgan tizimni ishga tushirishni davrning o‘zi taqozo qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston — 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-sonli Farmoni hamda “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4699-sonli qarorida davlat mulklarini elektron tarzda sotishga mo‘ljallangan "Ye-IJRO AUKSION" elektron savdo maydonchasining yangi takomillashtirilgan tizimini ishlab chiqish bo‘yicha vazifa belgilangan edi.
Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 29 mart kuni yangilangan, yanada qulay dasturiy ta’minot ishga tushirildi.