Dzyudochi qizlarimiz Sankt-Peterburgda
Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida dzyudo bo‘yicha klublar o‘rtasida o‘tkaziladigan "Ayollar dzyudo ligasi" musobaqasida "Saber" jamoasi Vatanimiz sharafini himoya qiladi.
Musobaqa davomida 12 ta jamoa 4 ta guruhga bo‘lingan holda final yo‘llanmasi uchun ajratilgan 4 ta o‘rin uchun kurashlarda ishtirok etadi.
Kecha "Ayollar dzyudo ligasi" musobaqalariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Qur’a natijalariga ko‘ra, "Saber" jamoasi musobaqaning "B" guruhida Sankt-Peterburgning "Turbostroitel" hamda Samara shahrining "Sportkomanda 63" jamoalari bilan birga raqobatlashadigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Sankt-Peterburg tatamilaridagi bellashuvlar sarhisobiga ko‘ra, kuchli to‘rtlikni band etgan jamoalar joriy yilning 2 noyabrida Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskvada tashkil etiladigan final bahslarida qatnashish huquqiga ega chiqadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA