Dunyoning kechagi muhim voqealari
Gresiya. Prezident Prokopis Pavlopulos mamlakatda muddatidan avval parlament saylovlari o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Gresiya. Prezident Prokopis Pavlopulos mamlakatda muddatidan avval parlament saylovlari o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Turkiya. Bandirma shahrida sayyohlar avtobusi va yengil avtomobil ishtirokida yuz bergan yo‘l transport hodisasida 4 kishi halok bo‘ldi, 30 dan ortiq kishi jarohatlandi.
Rossiya. Kaspiy dengizining Maxachqal’a shahri yaqinidagi qirg‘oqbo‘yi hududida harakatlanayotgan tanekerda portlash yuz berdi. 1 kishi halok bo‘ldi.
Xitoy. Mamlakat janubida kuchli yog‘ingarchilik oqibatidagi suv toshqinlarida halok bo‘lganlar soni 7 taga yetdi.
Rossiya. Kamchatka orolida 4,7 balldagi yer silkinishi yuz berdi.