Dunyodagi eng qimmat kema haqida bilasizmi?
“Kristal Simfoniy” nomi bilan mashhur kema yaqinda qayta taʼmirlandi va endi u har qachongidan ham koʻproq qulayliklarga ega boʻldi.
“Kristal Simfoniy” nomi bilan mashhur kema yaqinda qayta taʼmirlandi va endi u har qachongidan ham koʻproq qulayliklarga ega boʻldi.Kema 1995 yilda ilk bor dengizga chiqarilgan. Oradan 22 yil oʻtib, unga qoʻshimcha jihozlar kiritildi. Bular: keng va qulay dam olish xonalari, ikkita yangi ovqatlanish zali, bepul Wi-fi va boshqa yuqori qulayliklar.
Simfoniy 848 ta mehmonni qabul qila oladi va mehmonlarga oʻta yuqori darajadagi xizmatlar koʻrsatiladi.
Kristal VP boshqaruvchi direktori Uolter Litlxonning aytishicha, kema muvaffaqiyatining asosi, bu – uning xodimlaridir. Chunki xodimlar oʻz kompaniyalariga sadoqat bilan xizmat qilishadi.
Har gal kema suza boshlashi bilan barcha kabinalardagi radiouzatgichlar orqali Luis Armstrongning “Qanday ajoyib dunyo” nomli qoʻshigʻi qoʻyilishi odat tusga kirgan.
Shuningdek, kemada vegetarianlar uchun alohida restoran boʻlib, unda goʻshtsiz mahsulotlardan tayyorlangan turli xildagi ovqatlar mavjud.
Kema biletining narxi boradigan manzilga qarab belgilanadi.Biletlar asosan 1730AQSH dollaridan boshlanadi.