Do‘stlik ko‘priklari mustahkam bo‘lsin! (+video)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yurtimizda 30 iyul – “Xalqlar do‘stligi kuni” sifatida nishonlanmoqda. Sana munosabati bilan Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi qator vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda joriy yilning 27-30 iyul kunlari mamlakatimiz bo‘ylab “Do‘stlik” festivalini o‘tkazadilar.
Festival doirasida Toshkent shahri va respublikamizning barcha hududlaridagi nufuzli tomosha maydonlari hamda so‘lim xiyobonlari va bog‘larida turli madaniy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-amaliy kabi bayramona tadbirlar o‘tkaziladi.
Ushbu tashabbusni siz ham biz bilan birga qo‘llab-quvvatlang. Kuzatib boring, festival ishtirokchisiga aylaning!
Do‘stlik ko‘priklari mustahkam bo‘lsin!
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/cD5qO3JYfPc" title="Do‘stlik ko‘priklari mustahkam bo‘lsin!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>O‘zA