Dorixona faoliyati fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabar berishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Chilonzor tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “S.L.” MCHJga qarashli dorixona rahbari va sotuvchisi kuchli ta’sir qiluvchi 30 dona “Zardex” dori vositasini noqonuniy tarzda 600 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, tadbirda dorixonada muomalaga kiritish uchun saqlab kelinayotgan yana 870 dona “Zardex”, 120 dona “Gabagamma” hamda 111 dona “Tebantin” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sh.Mamaturopova, O‘zA