Diyego Maradona 60 yoshda vafot etdi
Argentinalik futbol afsonasi, 1986 yilgi jahon chempioni Diyego Maradona vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti Argentinaning TN telekanaliga asoslanib xabar berdi.
U 30 oktyabr kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun kasalxonaga yotqizilgani xabar qilingandi. Ammo keyinchalik miyasida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Maradonaga 12 noyabrda kasalxonadan javob berilgan edi.
O‘zA