"Diydor" teatr-studiyasi harbiylar huzurida
"Diydor" yoshlar eksperimental teatr studiyasi o‘z spektakllarini nafaqat poytaxtimiz ahli va mehmonlariga, balki mamlakatimizning turli hududlarida ham muvaffaqiyat bilan namoyish etib kelmoqda.
Buxoro viloyatidagi harbiy qismlardan birida "Diydor" teatr-studiyasining Hamza Hakimzoda Niyoziy qalamiga mansub "Maysaraning ishi" asari asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish etildi.


Ushbu spektakl ochko‘zlik, manmanlik, kibru havo kabi illatlar insoniyatni tanazzul sari yetaklashini qiziqarli voqealar orqali aks ettiradi.
Yumorga, hazil-mutoyibaga boy bo‘lgan ushbu spektakl Vatanimiz posbonlariga manzur bo‘ldi.


N.Usmonova, O‘zA