"Dinamo" ga Xorvatiyadan murabbiy keladi
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi sessiyasida viloyat aholisiga murojaatnoma yo‘llagan E.Turdimov sessiyadan so‘ng matbuot anjumani o‘tkazdi.
Viloyat hokimi jurnalist va blogerlarning Samarqandda turizmni rivojlantirish, jamoat transporti xizmati sifatini oshirish, ta’lim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, yosh kadrlar tayyorlash bilan bog‘liq va boshqa savollariga javob berdi.

Xususan, viloyatda sportning ommaviyligini oshirish, xalqaro musobaqalar tashkil etish va yangi sport inshootlari qurish yuzasidan berilgan savolga javob qaytarib, yangi mavsumdan superligada o‘ynaydigan viloyatning "Dinamo" futbol jamoasiga Xorvatiyadan murabbiy va futbolchilar jalb etilishini ma’lum qildi.
G‘.HASANOV, A.ISROILOV (surat), O‘zA