Deputatlar shifoxonalar faoliyatini oʻrgandi
Andijon shahar va viloyat kengashlari deputatlari tomonidan Andijon shahridagi shifoxona hamda tibbiy muassasalar faoliyati oʻrganildi.
Andijon shahar va viloyat kengashlari deputatlari tomonidan Andijon shahridagi shifoxona hamda tibbiy muassasalar faoliyati oʻrganildi.
Bugungi pandemiya sharoitida aholining salomatligini muhofaza qilishda birlamchi tibbiy yordami koʻrsatuvchi muassasalar roli muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shundan kelib chiqib, oʻtkazilgan oʻrganish jarayonida tibbiy xizmat, tibbiyot muassasalarining holati va imkoniyati bilan bogʻliq qator masalalar atroflicha oʻrganib chiqildi.
– Oʻrganishdan asosiy maqsad shahar sogʻliqni saqlash tizimi faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish, pandemiya sharoitida aholini sifatli tibbiy xizmat bilan qamrab olish hamda tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasidagi ishlarni oʻrganish va tahlil qilishdan iborat, – deydi xalq deputatlari Andijon viloyat kengashi deputati Raʼnoxon Sattorova. – Qolaversa, Davlatimiz rahbari tomonidan sogʻliqni saqlash milliy tizimini qoʻllab-quvvatlash yuzasidan ilgari surilgan tashabbuslar ijrosini taʼminlashga yaqindan yordam koʻrsatishdir.
Oʻrganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mazkur yoʻnalishda olib borilayotgan ishlarni yana-da yuqori bosqichga koʻtarish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.