Deputatlar Qo‘qon va Dang‘aradagi maktablar holatini o‘rgandi
FOTOREPORTAJ
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Manzura Salimova va Muhammadjon Valiyev Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi 38- hamda Dang‘ara tumanidagi 11-umumta’lim maktablarida bo‘lib, ushbu ta’lim muassasalarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Tashrif davomida maktablarda o‘quv jarayonini tashkil etish holati, pedagoglar faoliyati, o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar atroflicha o‘rganildi. Xususan, sinfxonalarning jihozlanishi, ta’lim sifati va o‘quvchilarning bilim olishga qiziqishini oshirishga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
[gallery-28837]
Shuningdek, maktab jamoalari bilan muloqot o‘tkazilib, ta’lim tizimidagi mavjud muammolar, ularni hal etish choralari hamda sohani yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Jarayon davomida ayrim binolar ta’mirtalab holatda ekaniga e’tibor qaratildi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA