Deputat ekologik holat va mahalliy Kengaşlar faoliyatini örgandi
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati, ÖzLiDeP aʼzosi B.Aldamuratov Qoraqalpoğiston Respublikasining Kegeyli tumanida bölib, hududdagi mahalliy Kengaşlar faoliyati, aholi muammolarini hal etiş borasidagi işlar hamda ekologik holat bilan tanişdi.
Dastlab, deputat xalq deputatlari Kegeyli tumani Kengaşi kotibiyatida işlarning taşkil etilişi, mahalliy Kengaş deputatlarining faoliyati, qabul qilingan qarorlar ijrosi va deputatlik nazorati yönalişida amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişdi. Uçraşuv davomida mahalliy Kengaşlar faoliyati samaradorligini oşiriş, deputatlik nazoratini kuçaytiriş va qabul qilinayotgan qarorlar ijrosini taʼminlaş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

Tumandagi “Oqtuba” ovul fuqarolar yiğini hududida joylaşgan çiqindi poligonining taşqi va içki holatini örganildi. Örganiş jarayonida maişiy çiqindilarni saqlaş va boşqariş holati, poligonning sanitariya talablariga muvofiqligi közdan keçirildi. Şuningdek, çiqindilarni qayta işlaş tizimini yölga qöyiş, bu borada amaliy çora-tadbirlarni kuçaytiriş yuzasidan takliflar bildirildi.
Şundan söng “Toza hudud” davlat korxonasi tomonidan hududlarni sanitariya jihatidan toza saqlaş, maişiy çiqindilarni yiğiş va olib çiqib ketiş borasida amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişildi. Mazkur yönalişdagi işlarning taşkil etilişi, mavjud muammolar va ularning yeçimlari muhokama qilinib, çiqindilarni öz vaqtida olib çiqiş hamda hududlarda tozalikni taʼminlaş böyiça masʼul taşkilotlar faoliyatini yanada takomillaştiriş zarurligi taʼkidlandi.

Deputat “Yangi Özbekiston” massivida ham bölib, maişiy çiqindilarni taşlaş uçun ajratilgan maxsus joylarning holatini örgandi. Xususan, çiqindi taşlaş maydonçalarining sanitariya holati, çiqindilarning öz vaqtida yiğilişi va olib ketilişi, maxsus idişlar bilan taʼminlanganlik darajasi hamda hudud tozaligini saqlaş borasidagi işlar közdan keçirildi.
Deputat “Oqtuba” ovul fuqarolar yiğinida aholi bilan işlaş, murojaatlarni qabul qiliş va ularning yeçimini topiş, şuningdek, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etiş borasida olib borilayotgan işlar bilan ham tanişdi. Fuqarolar yiğini raisi va xodimlari bilan muloqotda mahallada mavjud muammolar, ularni bartaraf etiş yuzasidan amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Şuningdek, hududdagi bolalar maydonçasi holati ham közdan keçirildi. Unda bolalar uçun yaratilgan şaroitlar, öyin qurilmalarining texnik xavfsizligi va sozligi, hududning ozodaligi hamda bolalarning böş vaqtini mazmunli ötkazişi uçun mavjud imkoniyatlarga eʼtibor qaratildi. Maydonça holatini yaxşilaş, uni zarur öyin qurilmalari bilan taʼminlaş va bolalar uçun yanada xavfsiz hamda qulay muhit yaratiş böyiça takliflar bildirildi.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri