Dehqon-fermerlar dala yumushlari bilan band
Namangan viloyati hokimi Sh. Abdurazzoqov Kosonsoy tumanida bo‘lib, qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami bilan tanishdi.
“ISPARON LIVESTOK AND GREEN HOUS” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan yangi barpo etilgan intensiv bog‘da yong‘oq, nok, gilos, shaftoli singari mevali daraxt ko‘chatlari parvarishlanmoqda. Hududda shuningdek, bog‘dorchilik, chorvachilik va issiqxona kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan 9 million dollarlik yirik loyihalar amalga oshiriladi.
[gallery-1618]
bugungi kunga qadar tumanda 4 ming 800 gektar maydondagi g‘alla suspenziya qilinib, 3 ming 500 gektariga mineral o‘g‘it solindi. Chigit ekish uchun 1 ming 600 gektar yer tekislanib, 600 gektariga o‘g‘it solinib pushta olindi. 24 ta yuqori unumli shudgorlash texnikasi mazkur jarayonda faol ishtirok etayotgan bo‘lsa, 67 seyalka chigit ekish uchun shay holga keltirildi.
Viloyat rahbari hududlarda dehqon-fermerlar, muqobil mashina traktor parki raislari, klaster rahbarlari bilan uchrashdi. Muloqotlarda qishloq xo‘jaligida muhim bo‘lgan agrotexnik tadbirlar, mineral o‘g‘itlar, sug‘orish tizimi va yangi loyihalar xususida so‘z bordi. Shuningdek, soha xodimlariga tarmoqdagi muhim masalalar, yerga yer qo‘shish, pushta olish, g‘alla parvarishi bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar berildi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA