Dehli. Humoyun maqbarasi (+video)
Hindistondagi me’moriy yodgorlik XVI asr ikkinchi yarmida Dehli shahrida Humoyunning o‘g‘li Akbarshoh tomonidan qurilgan. Maqbara murabba tarhli qizil qumtosh va oq marmardan bunyod etilgan bo‘lib ikki qavatdan iborat. Pastki qavatiga ravoqlar qatori ishlangan. Ikkinchi qavati asosiy bino. Uch qismdan iborat bo‘lib, bosh tarzi peshtoq-ravoqli, markaziy xona qo‘sh gumbazli, uning yonidagi doira-ko‘shk shaklidagi xonalar tepasiga gumbazli qafasalar ishlangan. Maqbaraning o‘zi atrofi devor bilan o‘ralgan chorbog‘ning markazida joylashgan. Chorbog‘ hududi ariqlar bilan bo‘laklarga bo‘lingan chorchamonlar, ko‘kalamzorlardan tashkil topgan. Maqbara chorbog‘ kengligi bilan o‘zaro uyg‘un, aniq va go‘zal yechimini topganligi bilan diqqatga sazovor. Maqbaraning markaziy gumbazli mujassamotida O‘rta Osiyo va Eron me’morchiligining ta’siri seziladi. Humoyun maqbarasi keyinchalik bunyod etilgan Tojmahal uchun namuna vazifasini o‘tagan.


<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/pOHbKzOtvY8?si=R0JH22T7gJc7Ghcw" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Muallif: Muhammadjon Obidov,
Tasvirchi: Elyor Olimov,
O‘zA