Davlatoboddagi qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov boshchiligidagi ishchi guruh Davlatobod tumanida olib borilgan o‘rganishlari davomida Yangi Namangan shaharchasida bo‘ldi.
[gallery-23303]
Tumanida bunyod etilayotgan Yangi Namangan shaharchasida qurilish ishlari shu kunlarda yuqori bosqichga chiqqan. Ishchi guruh shaharcha hududidagi kollektorlar suvlari yo‘nalishlarini o‘zgartirish loyihasi bilan tanishdi. Shuningdek, zamonaviy loyiha asosida barpo etilayotgan “Ko‘rgazmalar markazi” qurilishining borishi o‘rganildi.
Keyingi manzil “Namangan xalqaro aeroporti” bo‘ldi. Bu yerda davlat-xususiy sherikchiligi asosida keng ko‘lamli qurilish va bunyodkorlik ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida yuk terminali, keytering xizmati, yoqilg‘i quyish majmuasi va boshqa zarur xo‘jalik binolari qurilishi rejalashtirilgan. E’tiborlisi, aeroportning yo‘lovchi terminali quvvati soatiga ming nafar yo‘lovchiga yetkazilishi kutilmoqda. Yuk terminalining tashkil etilishi esa tadbirkorlik, eksport va tranzit salohiyatining oshishiga xizmat qiladi.
Mazkur loyihalar Namanganning urbanizatsiya jarayonini jadallashtirib, aholi uchun qulay va zamonaviy infratuzilmalar yaratadi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA