Davlat soliq qo‘mitasi – yangi ko‘rinishda
DSQ o‘ziga zamonaviylik, ko‘rkamlik, qulaylik va soddalikni aks ettirgan yangi timsolini tanladi.
DSQ o‘ziga zamonaviylik, ko‘rkamlik, qulaylik va soddalikni aks ettirgan yangi timsolini tanladi. Yangi timsol an’anaviy davlat ramzlarini o‘zida aks ettirib, zamonaviylik va aniqlikni o‘zida ifoda etmoqda.
Agarda avvallari “pogondagi inspektor” ko‘rinishida, murakkab soliq majburiyatlarini undiruvchi bo‘lsa, endi servisga yo‘naltirilgan va soliq to‘lovchilar o‘z majburiyatlarini bajarishlarida hamda manfaatdorliklari ta’minlanishida amaliy yordam beruvchi organ qiyofasida namoyon bo‘lmoqda.
Undagi ranglar ikkita asosiy rangdan tarkib topgan – ko‘k va kulrang-oltin. Ko‘k rang davlat ramzlarida foydalaniladi. Bu ishonchlilik va qat’iylik belgisi bo‘lsa, kulrang-oltin farovonlik ifodasidir.
Timsoldagi afsonaviy Humo qushi O‘zbekistonda baxt, erkinlik va mehribonlikni, geraldik uslubda ifodalangan esa davlatchilik va qat’iyatlilikni namoyon etadi. Qushning yoyilgan qanotlari ochiqlik va halollik, 14 ta qirrasi mamlakatimiz hududlari va Toshkent shahri timsolidir.
Mutaxassislar qanotlar markazidagi qozon shaklini soliq tushumlarining davlat budjeti ko‘rinishida bitta joyga yig‘ilib, keyinchalik qayta taqsimlanishini anglatuvchi soliq xizmati organlari faoliyatining asosiy funksiyalariga ishora deya tushuntirishmoqda.
Qushning ortida ko‘tarilayotgan quyosh yorug‘likni, yangilanayotgan davlatning yorqin yo‘lini ifodalaydi.
Yuqori qismida ramziy ma’noda tashkilotning faoliyatini aks ettiruvchi qozon, tangalar orasida esa sakkiz qirrali yulduz joylashgan.
Qozondagi tangalar va yulduz mamlakatning soliq tizimini, yulduz esa butun tizimning ishlashini ta’minlaydigan Soliq qo‘mitasini anglatadi.
Biz xuddi kovorking ko‘rinishida. Konsepsiya tashrif buyuruvchilar bilan muloqotda qulaylikni his etishlariga ko‘maklashishga qaratilgan.
- Hamkorlikda ishlash uchun umumiy maydon.
- “O‘zaro tenglik” asosiga qurilgan muloqotlar.
- Qulay sharoit.
- Do‘stona muhit.
Iliqlikni va do‘stona kayfiyatni his etishlariga ko‘maklashuvchi qulay servis.