David de Xea ”MYu” safida qolmoqchi
“Manchester Yunayted” klubining ispaniyalik darvozaboni David de Xea faoliyatini “qizil iblislar” safida yana uzoq yillar davom ettirishi mumkin.
“Manchester Yunayted” klubining ispaniyalik darvozaboni David de Xea faoliyatini “qizil iblislar” safida yana uzoq yillar davom ettirishi mumkin.
Aslida “MYu” joriy mavsum so‘ngida Yevropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olsa, 28 yoshli darvozabon bilan shartnomani uzaytiradi. De Xeaning o‘zi ham jamoa safida qolishga tayyor.
Avvalroq David “Manchester Yunayted” bilan maosh masalasida kelisha olmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. U yangi kelishuvga ko‘ra, yiliga 20 million yevrodan kam bo‘lmagan maosh olishni istamoqda.
Eslatib o‘tamiz De Xea “Manchester Yunayted” safida 2011 yildan buyon faoliyat olib boradi. U joriy mavsumda 37 o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 45 ta to‘p olib chiqishga majbur bo‘ldi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi shu yozda yakunlanadi.