Daniyada muddatidan oldin parlament saylovi bo‘lib o‘tadi
“Yeuronews” agentligi xabariga ko‘ra, Daniyada 1 noyabr kuni muddatidan oldin parlament saylovi o‘tkaziladi.
– Xavfsizlik siyosati, energetika va iqtisodiyot bilan bog‘liq xalqaro inqiroz davrida parlament saylovini o‘tkazish to‘g‘ri, deb hisoblamayman. Holbuki, Daniya parlamentidagi ko‘pchilik saylovni ma’qullaydi. Shu bois, bugun Qirolichaga Daniya parlamentiga saylov tashkil etilishi haqida ma’lum qildim, – dedi mamlakat Bosh vaziri Mette Frederiksen.