Damashqda harbiylar avtobusi portlatildi
Suriya davlat televideniyasi chorshanba kuni Damashq shahrida mamlakat armiyaga qarashli avtobus portlatilgani haqda ma’lum qildi.
"Suriya armiyasi avtobusi bugun ertalab Masakin al-Xirs tumanida portlatildi, qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma’lumotlar bor", - deyiladi Ikhbariya telekanali bergan xabarda.
Keyinchalik mazkur telekanal portlashga elektrning qisqa tutashuvi sabab bo‘lgani haqda xabar tarqatgan. Ishonchli manbalarga tayanib xabar qilinishicha, halokat tufayli avtobus haydovchisi halok bo‘lgan, uch kishi jarohatlangan.