Dalolatnoma yozuvlari elektronlashtirildi
Davlat xizmatlari agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan tuman (shahar) FHDYO boʻlimlari arxivlarida “Yagona elektron FHDYO arxivi” axborot tizimiga kiritilishi lozim boʻlgan 3,2 mln. dalolatnoma yozuvlari aniqlangan.
Davlat xizmatlari agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan tuman (shahar) FHDYO boʻlimlari arxivlarida “Yagona elektron FHDYO arxivi” axborot tizimiga kiritilishi lozim boʻlgan 3,2 mln. dalolatnoma yozuvlari aniqlangan.
Ushbu dalolatnoma yozuvlarini “Yagona elektron FHDYO arxivi” axborot tizimiga toʻliq va sifatli kiritilishini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat xizmatlari agentligi tomonidan joylarda tegishli ishlar olib borildi. Jumladan, dalolatnoma yozuvlarini toʻliq tizimga kiritib raqamli koʻrinishga oʻtkazish uchun 7 ta tuman (shahar) FHDYO boʻlimlarida arxivarius shtatlari joriy qilinib, zarur texnik vositalar bilan taʼminlandi. Buning natijasida 2018-2019-yillar va 2020-yil 6 oyi davomida viloyatimizda “Yagona elektron FHDYO arxivi” axborot tizimiga 2,95 mln.ta (95%) dalolatnoma yozuvlarini tizimga kiritilishi taʼminlandi.
Hozirgi kunda arxivariuslar tomonidan Qorakoʻl tuman, Shofirkon tuman, Buxoro tuman, Gʻijduvon tuman FHDYO boʻlimlarida saqlanayotgan qoldiqdagi 251000 ta dalolatnoma yozuvlarini tizimga kiritish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan UNDP dasturi asosida tuman (shahar) FHDYO boʻlimlari arxivlarida saqlanayotgan dalolatnoma yozuvlarini raqamli koʻrinishga oʻtkazish uchun bir dona maxsus arxiv yetkazib berildi. Endilikda viloyat arxivida saqlanayotgan dalolatnoma yozuvlari skanerlanib, raqamli koʻrinishga oʻtkaziladi va maʼlumotlar “Yagona elektron FHDYO arxivi” axborot tizimiga kiritiladi.
A.Mubarakov,
FHDYO organlari faoliyatida huquqni
qoʻllash amaliyotini muvofiqlashtirish va
metodik taʼminlash shoʻbasi bosh maslahatchisi