“Clean Games” orqali ekologik madaniyat targ‘ib etildi
FOTOREPORTAJ
Yangi Namangan tumani hududida ekologik madaniyatni oshirish va yoshlar o‘rtasida ijtimoiy faollikni yanada rivojlantirish maqsadida “Clean Games” tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan Yoshlar ishlari agentligi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi, O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi hamda UNICEF ko‘magida amalga oshirilayotgan “Young Climate Champions” dasturi doirasida tashkil etildi.
[gallery-29030]
Tadbir davomida ishtirokchilar jamoalarga bo‘lingan holda belgilangan hududlarda chiqindilarni yig‘ish, ularni to‘g‘ri saralash va atrof-muhitni obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdi. Musobaqa ruhida o‘tkazilgan jarayon jamoaviy hamkorlik va ekologik ongni shakllantirishga xizmat qildi.
Ishtirokchilar tomonidan yig‘ilgan chiqindilar belgilangan tartibda saralanib, tegishli xizmatlarga topshirildi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA