Chustda xususiy maktab faoliyat boshladi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Chust tumanida Boborahim Mashrab nomidagi xususiy maktab foydalanishga topshirildi.
Tadbirkor tomonidan 5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga barpo etilgan maktab 396 o‘quvchi o‘rniga ega. Bu yerda 50 ta ish joyi yaratildi.
Taqdimot marosimida viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov ishtirok etib, keyingi yillarda ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar va uning samarasi haqida to‘xtaldi. Yangi maktab faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.
[gallery-19099]
Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, o‘qituvchi va o‘quvchilar, ota-onalar va nuroniylar ishtirokidagi ochilish marosimida ramziy lenta qirqilib, yig‘ilganlar yangi maktabda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Ta’kidlash joiz, so‘nggi yillarda ta’lim tizimida xususiy sektor ulushi kengayib, viloyatda nodavlat maktablar soni 34 taga yetkazildi. Ularda 2 ming 963 nafar o‘quvchiga 314 nafar pedagog ta’lim-tarbiya berib kelmoqda. Joriy o‘quv yilida yangi faoliyat boshlagan nodavlat maktablar soni 3 tani tashkil etdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA