Chortoqda tabiat va infratuzilma uyg‘unligi yaratilmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Chortoq tumanida keng ko‘lamli qurilish va bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Xususan, Chortoq soyining Bobur massivi hududidan o‘tuvchi qismida obodonlashtirish va rekonstruksiya ishlari jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.
Ayni paytda mazkur hududda soy o‘zanini kaskadlash, shuningdek, aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan zamonaviy ekoyo‘lak barpo etilmoqda.
[gallery-27332]
Ushbu loyiha tuman infratuzilmasini yanada takomillashtirish, aholi uchun obod, xavfsiz va har tomonlama qulay yashash muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shuningdek, bunyodkorlik ishlari doirasida tuman hududidan o‘tuvchi D–111 avtomobil yo‘lining 15–16-kilometr oralig‘ida, temir yo‘l ustidan o‘tkazilgan mavjud ko‘prik o‘rnida zamonaviy talablarga javob beradigan, harakat xavfsizligini ta’minlovchi va foydalanish uchun qulay yangi ko‘prik barpo etish rejalashtirilgan.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA