Chiroqchida hunari bor yoshlar qo‘llab-quvvatlanmoqda
Bugun yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va qo‘llab-quvvatlashlar o‘z samarasini bermoqda. Yoshlar orasida qo‘lida guldek hunari bor, uskuna sotib olishga imkoniyati yo‘q yoshlar ko‘p.
Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida bu kabi yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tuman hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari joylarda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan kasb-hunar sirlarini o‘rgangan yoshlarga o‘z-o‘zini band qilishlari uchun yetarlicha imkoniyatlar yaratib bermoqda.


Jumladan, yaqinda tuman hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari “Mahalla” jamoat fondi qoshida tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan besh nafar qo‘lida guldek hunari bor, ishsiz yoshlarga tikuvchilik mashinkasi sovg‘a qildi. Endilikda ular tikuvchilik qilib ro‘zg‘origa daromad keltiradi.
O‘lmas Barotov, O‘zA.