Chirchiq shahri qishga tayyormi?
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Chirchiq shahrining qish mavsumiga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi.
Hozir hududdagi Iqbol mahallasida joylashgan tug‘ruqxona qozonxonasi to‘liq ta’mirlanib, ishga tushirilgan. 9 ta ko‘p qavatli va 2 ta ijtimoiy soha ob’ektining issiqlik ta’minoti ham to‘liq yaxshilandi.

O‘rganishlar davomida sovuq kunlarda bu binolarni muntazam nazoratga olish, ko‘p qavatli uylarning fasad qismi, mahallaning kommunal tarmoqlarini tartibga keltirish bo‘yicha rahbarlarga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, Mirzog‘olib va Nur mahallalaridagi yangidan qurilayotgan qozonxona, Bobur mahallasidagi 10 ta ko‘p qavatli uyning issiqlik tizimi, “Aleya” bolalar o‘yingohi hamda avtoturargoh holati ko‘zdan kechirildi.

Aholi bilan suhbatda muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha murojaatlar tinglandi.

Bundan tashqari, mutasaddilar hududdagi 8-qozonxonada yakuniga yetkazilgan ta’mirlash jarayonlari va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan ham yaqindan tanishdi.
A.Musayev,
O‘zA muxbiri