Chimkentda yirik yongʻin chiqdi
Bugun tongda Qozogʻistonning Chimkent shahridagi plastik oyna ishlab chiqaruvchi korxonalardan birida yirik yongʻin yuz berdi, deb xabar tarqatdi RIA Novosti
Bugun tongda Qozogʻistonning Chimkent shahridagi plastik oyna ishlab chiqaruvchi korxonalardan birida yirik yongʻin yuz berdi, deb xabar tarqatdi RIA Novosti.
Mamlakat Ichki ishlar vazirligining Favqulodda qoʻmitasi vakili Ruslan Imonqulov maʼlumotiga koʻra, mahalliy vaqt bilan 04.20 da shaharning sanoat hududida joylashgan binoning tom qismi yonayotgani haqida chaqiruv kelib tushgan. Yongʻin 5 ming kvadrat metr maydonni qamrab olgan.
Yongʻinni bartaraf etishga 20 texnika, 80 dan ortiq oʻt oʻchiruvchi jalb qilingan. Yongʻinni bostirishga erishilgan.