Chiba Gran-prisi. Tursunqulova chorak finalda!
Bugun Yaponiyada taekvondo boʻyicha Chiba-2019 Gran-prisining ikkinchi kuni start oldi.
Bugun Yaponiyada taekvondo boʻyicha Chiba-2019 Gran-prisining ikkinchi kuni start oldi.
Musobaqaning ikkichi kunida hamyurtimiz Nigora Tursunqulova janglarni oʻtkazmoqda.
Tursunqulova nimchorak finalda koreyalik Kim Jan Di bilan toʻqnash keldi. Dastlabki ikki raundda 0:0 hisobi qayd etildi. Soʻnggi raundda esa Nigora bir ochko qoʻlga kiritdi va chorak finalga yoʻllanmaga ega chiqdi. Endi Tursunqulova yarim finalga chiqish uchun britaniyalik Loren Uilyamsga qarshi jang qiladi.
Bundan oldin hamyurtimiz 1/16 finalda kosta-rikalik Ketrin Alvaradoni 4:1 hisobida magʻlub etganedi.
Eslatib oʻtamiz, kecha Svetlana Osipova bronza medaliga ega chiqdi, Nikita Rafalovich esa 15-sentyabr kuni musobaqada ishtirok etadi.
Oʻzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati