“Chevrolet Onix” avtomobili sotuvga chiqdimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda “Onix” avtomobili sotuvga chiqdi” mazmunidagi sharhli video tarqaldi. “O‘zavtosanoat” AJ ushbu xabarning asossiz ekanini ma’lum qildi.
Jumladan, kompaniya axborot xizmatining ma’lum qilishicha, bugungi kunda sotuvda mavjud bo‘lgan avtomobillar ro‘yxati bilan uzautomotors.com sayti orqali tanishish mumkin. “Chevrolet Onix” avtomobilini yagona platformadagi ishlab chiqarish imkonini beradigan o‘rnatish va ishga tushurish ishlari joriy yilning iyul-avgust oyida olib borilgan.
Tarqalgan videoda aytilganidek yonilg‘i sarfi 8 litrli emas, aksincha sezilarli darajada tejamkor – 6 litrgacha bo‘ladi, deyiladi kompaniya xabarida.
M.Toshqorayeva, O‘zA