Chempionat peshqadamlari g‘alaba qozondi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati Oliy liga bahslarining 26-turida “Paxtakor” klubi o‘z maydonida “Bunyodkor” jamoasini qabul qildi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati Oliy liga bahslarining 26-turida “Paxtakor” klubi o‘z maydonida “Bunyodkor” jamoasini qabul qildi.Uchrashuvning 84-daqiqasida Kamoliddin Tojiyev urgan gol "paxtakor"chilarga g‘alaba keltirdi – 1:0.
Muborakda o‘tgan “Mash’al” va “Nasaf” o‘yinida Qarshi shahri vakillari raqiblari ustidan 2:1 hisobida zafar quchdi. Musobaqa jadvalining birinchi pog‘onasida borayotgan “Lokomotiv” jamoasi “Qo‘qon-1912”ni o‘z maydonida 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
“Metallurg” – “Olmaliq” uchrashuvi 3:2 hisobida yakunlangan bo‘lsa, “Neftchi” jamoasi “Qizilqum”ni 2:0 hisobida yengdi. “Navbahor” va “Buxoro” bahsida 1:0 hisobi qayd etildi.