Cheklov muddati uzaytirildi
Qozog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat daromadlari qo‘mitasi xabariga ko‘ra, “Tajen” chegara o‘tkazish punkti (“Dovud ota” chegara bojxona postiga tutash) orqali jismoniy shaxslar, yengil avtomobillar, avtobuslar va ruxsat etilgan maksimal og‘irligi 3,5 tonnadan ortiq bo‘lmagan yuk avtomobillari harakatiga cheklovlar joriy yilning 1 fevralidan 2025 yilning 31 dekabriga qadar uzaytirildi.
Cheklov muddatini uzaytirish Qozog‘iston Respublikasi tomonidan jismoniy shaxslar va transport vositalarining xavfsizligini ta’minlash, ushbu o‘tkazish punktlarida qurilish ishlarining ikkinchi bosqichi amalga oshirilishi munosabati bilan qurilish va rekonstruksiya ishlarini jadallashtirish, xususan, ma’muriy binolarni kapital ta’mirlash, yo‘l qoplamalarini betonlash maqsadida joriy etilmoqda.
“Tajen” (Qozog‘iston) – “Dovud ota” (O‘zbekiston) chegara o‘tkazish punkti orqali ruxsat etilgan maksimal og‘irligi 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillari harakatlanishi mumkin. Shuningdek, jismoniy shaxslar uchun "Qoraqalpog‘iston" temir yo‘l o‘tkazish punkti orqali “Nukus-Beyneu” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri