"Challenge Samarkand-2024" dastlabki g‘oliblar aniqlandi
"Ipak yo‘li” xalqaro turizm markazida "Challenge Samarkand-2024" xalqaro musobaqasining sprint yo‘nalishi bellashuvlari o‘tkazildi.
Ushbu yo‘nalishda ishtirokchilar turli yosh toifasida 750 metrga suzish, 19 kilometr velopoyga va 5 kilometrga yugurish bahslarida ishtirok etdi.
Shuningdek, musobaqa doirasida 4 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan yosh havaskorlar 200 metrdan 1000 metrgacha estafetalarda hamda ayollar 5 kilometr masofaga yugurish bahslarida o‘zaro bellashdi.
[gallery-19151]
Musobaqa g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi xavfsizlik kengashi kotibi, O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi V. Mahmudov ishtirok etdi.
G‘.Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari