Chadda o‘tish davri parlamenti tuziladi
Chad o‘tish davri harbiy kengashi rahbari Muhammad Idris Debi Itno o‘tish davri parlamentini tuzish bo‘yicha farmonni imzoladi.
“TASS”ning “Agence France-Presse” ma’lumoti bilan asoslagan xabariga qaraganda, yangi organ O‘tish davri milliy parlamenti deb nomlanadi.
U 93 deputatdan iborat bo‘lib, 30 foizi eski Milliy assambleya a’zolari, 30 foizi ayollar, yana 30 foizi yoshlarning vakillaridan tarkib topadi.
Hujjatga ko‘ra, O‘tish davri parlamenti davlat tuzilmalari shakllangunicha avvalroq tarqatilgan Milliy assambleya vazifalarini bajarib turadi.
Eslatib o‘tamiz, 20 aprelda Chad rahbari, 30 yildan buyon hokimiyatda turgan Idris Debi Itno isyonchilar guruhi bilan jangda vafot etgani aytilgandi.